Sen esa, faqat Zikr(eslatma)ga ergashgan va Rohmandan g`oyibona qo`rqqan kimsani ogohlantirursan. Bas, unga mag`firat va go`zal ajrning xushxabarini ber.
Albatta, Biz O`zimiz o`liklarni tiriltirurmiz va ular taqdim qilgan narsalarni va qoldirgan asarlarni yozurmiz. Ochiq-oydin imomda(ya'ni nomai a'molda) har bir narsaning hisobini olib qo`yganmiz.1
O`shanda Biz ularga ikkitani yuborgan edik, ular ikkovlarini yolg`onchiga chiqardilar. Bas, Biz uchinchi bilan qo`lladik. Shunda: «Albatta, biz sizlarga yuborilgan Payg`ambarlarmiz», dedilar.
Men Uni qo`yib, boshqa ilohlar tutaymi?! Agar Rohman menga biror zararni iroda qilsa, ularning shafoati menga hech foyda bermas va ular meni qutqara olmaslar.
Ularga: «Alloh sizga rizq qilib bergan narsadan infoq qilinglar», deyilganida, kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Alloh xohlasa, O`zi taom beradigan kimsani biz taomlantiramizmi?! Siz ochiq-oydin zalolatdan boshqa narsada emassiz», derlar.1
Ular: «Voh, sho`rimiz qurisin! Bizni yotgan joyimizdan kim qo`zg`atdi?! Bu Rohman va'da qilgan va yuborilgan Payg`ambarlar tasdiqlagan narsa-ku?!» – derlar.
Axir, Biz ular uchun O`z qo`llarimiz-la qilgan narsalardan chorvalarni yaratib qo`yganimizni ko`rmaydilarmi?! Bas, ular o`shalarga molik(ega)dirlar-ku!