U: «Men sizga izn bermasimdan oldin unga iymon keltirdingiz! Albatta, u sizga sehr o`rgatgan kattangizdir! Endi tezda bilasiz, men, albatta, qo`l-oyog`ingizni qarama-qarshi tomonidan kesajakman va barchangizni osajakman», dedi.
Magar, iymon keltirib, solih amallar qilganlar, Allohni ko`p zikr etganlar va mazlum bo`lganlaridan keyin nusrat qozonganlar (unday emaslar). Zulm qilganlar esa, tezda qaysi ag`darilish joyiga ag`darilishlarini bilurlar.1