U Zotdan boshqa, hech narsa yarata olmaydigan, o`zlari yaratiladigan, o`zlari uchun zararga ham, nafga ham ega bo`lmaydigan, o`limga ham, hayotga ham, qayta tirilishga ham molik bo`lmaydigan «xudo»lar tutdilar.
Kufr keltirganlar: «Bu (Qur'on) uydirmadan boshqa narsa emas. Uni o`zi uydirib oldi va bunda unga boshqa qavmlar ko`mak berdilar», dedilar. Bas, shubhasiz, zulm va yolg`on guvohlik keltirdilar.
Yoki unga xazina tashlansa yoxud uning bog`i bo`lsa-yu, undan yesa», dedilar. Zolimlar: «Sizlar faqat sehrlangan kishiga ergashyapsizlar, xolos», dedilar.
U(mushrik)larni va Allohdan o`zga ibodat qilgan narsalarini to`plagan kunda, U zot: «Anavi bandalarimni sizlar adashtirdingizmi yoki ular o`zlari yo`ldan ozdilarmi?!» deydir.1
Ular: «O`zing poksan! Sendan o`zgani do`st tutmoq biz uchun yarashmas. Lekin Sen ularni va ota-bobolarini (shunchalik) huzurlantirdingki, hatto ular zikringni unutdilar va halokat qavmi bo`lib qoldilar», derlar.
Batahqiq, ular sizlarni aytayotgan narsangizda yolg`onchiga chiqardilar. Endi (azobni) burishga ham, yordam olishga ham qodir bo`lmassiz. Sizdan kim zulm qilgan bo`lsa, unga azobni torttiramiz.
Biz sendan oldin yuborgan Payg`ambarlarimiz ham, albatta, taom yer va bozorlarda yurar edilar. Ba'zilaringizni ba'zilaringizga sinov qildik. Sabr qilasizlarmikin?! Robbing ko`rguvchi bo`lgan Zotdir.1
Bizga uchrashdan umidsiz bo`lganlar, bizga farishtalar tushirilsa, yoki, Robbimizni ko`rsak edi, derlar. Batahqiq, ular o`zlaridan ketdilar va katta tug`yon-la tug`yon qildilar.
Kufr keltirganlar: «Unga Qur'on bir yo`la nozil qilinsa edi», dedilar. Biz sening qalbingni u bilan sobit qilish uchun shunday qildik va uni dona-dona qilib o`qidik.1
Va Nuh qavmi Payg`ambarlarni yolg`onga chiqarganlarida g`arq etdik va ularni odamlarga ibrat qildik. Hamda Biz zolimlarga alamli azoblar tayyorlab qo`ydik.
Agar sabr qilmaganimizda, albatta, u bizni, sal bo`lmasa, xudolarimizdan ozdirardi-ya!» deb. Yaqinda — azobni ko`rgan chog`larida — kim yo`ldan ozganroq ekanini bilurlar.
Yoki sen ularning ko`plari tinglay olurlar yo anglay olurlar, deb hisoblaysanmi? Aslida, ularning hayvonlardan farqi yo`q. Balki yana ham yo`ldan ozganroqdirlar.1
Batahqiq, Biz u(Qur'on)ni eslatma olishlari uchun oralarida turlicha tasarruf qilib ko`rdik. Odamlarning ko`plari kufrdan boshqa narsadan bosh tortdilar.1
Va barhayot, o`lmaydigan Zotga tavakkal qil hamda Uni hamdu sano ila poklab yod et. Bandalarining gunohlaridan o`ta xabardor bo`lishda Uning O`zi kifoyadir.
U osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni olti kunda yaratgan, so`ngra (Zoti va ulug`ligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Zotdir. U Rohmandir. Bas, o`sha o`ta Xabardordan so`ra.1
Qachonki ularga: «Rohmanga sajda qilinglar!» deyilsa, ular: «Rohman nima? Sen buyurgan narsaga sajda qilaveramizmi?» derlar. Bu ularning uzoqlashishini ziyoda qilur.
Ular Alloh bilan birga biror ilohga iltijo qilmaslar. Alloh (o`ldirishni) harom qilgan jonni nohaqdan o`ldirmaslar. Zino qilmaslar. Kim ana shuni qilsa, uqubatga duchor bo`lur.1
Magar kim tavba qilsa, iymon keltirib, solih amal qilsa, bas, Alloh ana o`shalarning yomonliklarini yaxshiliklarga almashtirur. Alloh mag`firatli va rahimli bo`lgan Zotdir.
Ular: «Ey Robbimiz, O`zing bizga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan ko`zimiz quvonadigan narsa hadya et hamda bizlarni taqvodorlarga yo`lboshchi qil», deydiganlardir.
Sen: «Agar duo-iltijolaringiz bo`lmasa, Robbim sizlarga hech qiymat bermas. Bas, batahqiq, siz yolg`onga chiqardingiz. Endi sizlarga (azob) lozim bo`lur», deb ayt.