فاما الذين امنوا وعملوا الصالحات فيوفيهم اجورهم ويزيدهم من فضله واما الذين استنكفوا واستكبروا فيعذبهم عذابا اليما ولا يجدون لهم من دون الله وليا ولا نصيرا ١٧٣
Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni esa, ajrlarini to`liq qilib berur va O`z fazlidan ziyoda ham qilur. Ammo, or qilib kibrga ketganlarni alamli azob bilan azoblar va ular o`zlari uchun Allohdan o`zga do`st ham, yordamchi ham topmaslar.