Munofiqlar huzuringga kelganlarida: «Guvohlik beramizki, sen, albatta, Allohning Rasulisan», derlar. Holbuki, Alloh, albatta, sen Uning Rasuli ekaningni biladir. Va Alloh guvohlik berurki, albatta, munofiqlar yolg`onchidirlar.
Va agar ularni ko`rsang, jismlari seni ajablantirur va agar gapirsalar, gaplariga quloq osarsan. Ular xuddi suyab qo`yilgan xodaga o`xsharlar. Har qichqiriqni ziddilariga hisoblarlar. Ular dushmandirlar. Ulardan hazir bo`l. Alloh ularga urush ochsin, haqdan qandoq o`girilurlar?!1
Va agar ularga: «Kelinglar, Allohning Rasuli sizlarga istig`for aytur», deyilsa, ular boshlarini chayqarlar. Va ularning mutakabbirlik holida yuz o`girayotganlarini ko`rursan.
Ular: «Agar Madinaga qaytib borsak, albatta, aziz xorni undan chiqarur», derlar. Holbuki, azizlik Allohga, Uning Rasuliga va mo`minlariga xosdir. Ammo munofiqlar bilmaslar.1
Va biringizga o`lim kelib: «Ey Robbim, agar mening o`limimni yaqin muddatga orqaga sursang, bas, sadaqa qilib solihlardan bo`lsam», demasdan avval, Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan nafaqa qiling.1