Ularga Nuhning xabarini tilovat qilib ber. Vaqtiki u o`z qavmiga: «Ey qavmim, agar sizlarga mening maqomim va Allohning oyatlari ila eslatishim og`ir kelayotgan bo`lsa, bas, men Allohga tavakkal qildim. Siz sherik keltirganlaringiz bilan birgalikda o`z ishingizni bilaveringlar. Yana, ishlaringiz o`zingiz uchun noaniq bo`lib qolmasin. So`ngra, menga nisbatan hukmingizni ijro etaveringlar, menga muhlat bermanglar.