U sizlarni quruqlikda va dengizda yurgizadigan Zotdir. Toki sizlar kemada bo`lganingizda va u(kema)lar yaxshi yellar ila ularni olib ketganida hamda ular bundan xursand bo`lganlarida, qattiq shamol kelur va ularga har tomondan to`lqin kelur. O`zlarining qurshovda qolganlarini anglaganlarida, Allohga chin ixlos bilan: «Agar bizni mana shundan qutqazsang, albatta, shukr keltiruvchilardan bo`lurmiz», deb duo qilurlar.