Toki, siz ularning ustiga o`rnashgaysizlar, so`ngra, ularning ustiga o`rnashib olgach, Robbingiz ne'matini eslab: «Bizga buni bo`ysundirgan Zot pokdir. Biz bunga qodir emas edik.
Ular Rohmanning bandalari bo`lmish farishtalarni ayollar hisobladilar. Yoki ularning yaratilishiga guvoh bo`ldilarmi?! Albatta, bu guvohliklari yozilur va so`roqqa tutilurlar!
Xuddi shuningdek, Biz sendan ilgari ham qaysi bir qishloq-shaharga ogohlantirguvchi yuborsak, albatta, uning zodagonlari: «Ta'kidki, biz ota-bobolarimizni bir dinda topdik va, albatta, biz ularning izlaridan ergashguvchilardirmiz», dedilar.
U (ogohlantiruvchi): «Agar men sizga siz ota-bobongizni ustida topgan narsangizdan ham hidoyatliroqni keltirgan bo`lsam ham-a?!» – dedi. Ular: «Biz sen ila yuborilgan narsaga kofirdirmiz», dedilar.
Yoki ular Robbingning rahmatini taqsimlaydilarmi? Biz hayoti dunyoda ularning oralarida maishatlarini taqsimladik va ba'zilari ba'zilarini xizmatkor qilib olishlari uchun ayrimlarining darajalarini ayrimlaridan ustun qilib qo`yganmiz. Robbingning rahmati ular jamlaydigan narsadan yaxshidir.
Agar odamlar bir millat bo`lib qolishlari (xavfi) bo`lmaganda, albatta, Biz Rohmanga kufr keltiradiganlarning uylari shiftini va unga chiqadigan narvonlarini kumushdan qilib qo`yar edik.
Batahqiq, Biz Musoni O`z oyat(mo`'jiza)larimiz ila Fir'avnga va uning a'yonlariga yubordik. Bas, u: «Albatta, men olamlar Robbining Payg`ambaridirman», dedi.
Biz ularga qaysi bir oyat (mo`'jiza)ni ko`rsatsak ham, albatta, u o`z sherigidan kattaroq bo`lar edi. Shoyad, (xatolaridan) qaytsalar, deb ularni azob-la tutdik.
Ular: «Bizning olihalarimiz yaxshimi yoki umi?» – dedilar. Ular uni senga faqat talashib-tortishish uchungina misol keltirdilar. Zero, ular xusumatchi qavmdirlar.
Iyso ochiq-oydin hujjat (mo`'jiza)lar bilan kelgan chog`ida: «Batahqiq, men sizga hikmatni keltirdim va siz ixtilof qilayotgan ba'zi narsalarni bayon qilish uchun keldim. Bas, Allohga taqvo va menga itoat qilinglar.
Ularga tillodan bo`lgan tovoqlar va qadahlar aylantirilur. U yerda ko`ngil ishtaha qiladigan va ko`zlar lazzatlanadigan narsalar bordir. Sizlar u yerda abadiy qolursizlar.
Yoki ular Bizni ularning sirlarini (bilmas) va pichirlashib qilgan maslahatlarini eshitmas, deb hisoblaydilarmi? Yo`q! Holbuki, elchilarimiz ularning oldilarida yozmoqdalar.
Osmonlaru yerning va ularning orasidagi narsalarning mulkiga ega bo`lgan Zot barakotli(buyuk)dir. Soat (qiyomat) ilmi Uning huzuridadir. Ungagina qaytarilursizlar.