Sen: «Osmonlaru yerning Robbi kim?» deb ayt. «Alloh», degin. «O`zingizga Undan o`zga, o`zlariga foyda yoki zararga ega bo`lmagan valiylarni tutdingizmi?» degin. «Ko`zi ko`r bilan ko`ruvchi barobar bo`lurmi yoki zulmatlar bilan nur barobar bo`lurmi?» degin. Yoki ular Allohga U yaratgan maxluqotlarga o`xshash maxluqotlarni yaratganlarni sherik qilib oldilar-u, ularga yaratilgan maxluqotlarga o`xshash ko`rinmoqdami? «Barcha narsaning yaratuvchisi Allohdir. Va U Birdir, Qahhordir», degin.