Sen mo`minalarga ayt: «Ko`zlarini tiysinlar, farjlarini saqlasinlar va ziynatlarini ko`rsatmasinlar, magar zohir bo`lgan ziynatlar bo`lsa (mayli). Ro`mollarini ko`ksilariga to`sib yursinlar. Ziynatlarini ko`rsatmasinlar, magar erlariga yo otalariga yo erlarining otalariga yo o`g`illariga yo erlarining o`g`illariga yo aka-ukalariga yo aka-ukalarining o`g`illariga yo opa-singillarining o`g`illariga yo ayollariga yo o`z qo`llarida mulk bo`lganlarga yo (ayollarga) behojat erkak xizmatchilarga yo ayollar avratining farqiga bormagan yosh bolalarga (bo`lsa, mayli). Maxfiy ziynatlarini bildirish uchun oyoqlarini (erga) urmasinlar. Allohga barchangiz tavba qiling, ey mo`minlar! Shoyadki, najot topsangizlar».1