So`ngra, g`amdan keyin sizdan bir toifangizni qamrab olgan mudroqni omonlik qilib tushirdi. Boshqa toifa esa, o`zi bilan ovora bo`lib, Alloh haqida nohaq, johiliyat gumonini qilib: «Bizning qo`limizda nima ish bor edi», deyishdi. Sen: «Ishning barchasi Allohdandir», deb ayt! Senga oshkor qilmagan narsalarini ichlarida maxfiy tutarlar. Ular: «Agar qo`limizda bir ish bo`lganida, bu yerda qatl qilinmas edik», derlar. Sen: «Agar uylaringizda bo`lsangiz ham, qatl bo`lish taqdirida yozilganlar o`z o`lim joylariga chiqar edilar. Bu, Alloh ko`ksingizdagi narsani sinashi va qalbingizdagini yaxshilab poklashi uchundir. Alloh ko`ksingizdagi narsani biluvchi Zotdir», deb ayt.1