Holbuki, ular faqat Allohgagina ibodat qilishga, Uning dinigagina ixlos qilishga, boshqa dinlarga moyil bo`lmaslikka, namozni to`liq o`qishga, zakot berishga buyurilgan edilar. Ana shu, to`g`ri(millat)ning dinidir.1
Ularning mukofotlari Robbilari huzuridagi (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan «adn» jannatlaridir. U yerda abadul-abad qolurlar. Alloh ulardan rozi bo`ldi, ular ham Undan rozi bo`ldilar. Bu, Robbidan qo`rqqanlar uchundir.