فكلا اخذنا بذنبه فمنهم من ارسلنا عليه حاصبا ومنهم من اخذته الصيحة ومنهم من خسفنا به الارض ومنهم من اغرقنا وما كان الله ليظلمهم ولاكن كانوا انفسهم يظلمون ٤٠
Ulardan har birini gunohi tufayli tutdik. Bas, ulardan ba'zilari ustiga tosh yog`dirdik, ba'zilarini qichqiriq ushladi, ba'zilarini yerga yuttirdik va ba'zilarini g`arq qildik. Alloh ularga zulm etguvchi bo`lmadi, lekin ular o`zlariga zulm etdilar.